Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda uning hududiy bo`linmalarida O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan bo`sh ish o`rinlari yarmarkalari bo`lib o`tmoqda. Mehnat yarmarkasida sohadagi 100 dan ortiq korxona va tashkilot, muassasa, davlat boshqaruvi idoralari o`zlarida mavjud bo`sh ish o`rinlari bilan ishtirok etmoqdalar. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Soha korxonalari tomonidan 225 dan ortiq bo`sh ish o`rinlari va ijtimoiy soha korxonalaridan esa 1,2 mingdan ortiq bo`sh ish o`rinlari taklif etilmoqda.
Mehnat yarmarkasi bir vaqtning o`zida TATUning Samarqand hududiy bo`linmasi (Shohruh Mirzo ko`chasi, 37a-uy), Farg`ona hududiy bo`linmasi (Mustaqillik ko`chasi, 185a-uy), Qarshi hududiy bo`linmasi (Beshkent trassasi 3 km), Urganch hududiy bo`linmasi (Urganch shahri, Al-xorazmiy ko`chasi, 110-uy) hamda Nukus hududiy bo`linmasi (Nukus shahri, A.Dosnazarov ko`chasi, 74-uy) tegishli manzillarida bo`lib o`tmoqda.






