AsosiyDunyo

Eronning aksariyat hududlarida kuchli sel va suv toshqinlari kuzatilmoqda

'Eronning aksariyat hududlarida kuchli sel va suv toshqinlari kuzatilmoqda 'ning rasmi

Mamlakatning 31 provinsiyasidan 26 tasi xavf hududi deya e`lon qilindi, deb xabar berdi TASS nashri.

Mahalliy OAV ma`lumotlariga ko`ra, hozirda tabiiy ofat oqibatida halok bo`lganlar soni 20 nafarga borib etgan. Yana yuzlab odamlar esa turli darajada jarohatlangan. Kuchli yog`ingarchilik ortidanmamlakatdagi daryolar qirg`oqlaridan toshib chiqqan, buning ortidan ko`pgina hududlarda ko`chkilar ro`y bermoqda. Daryolar va suv to`g`onlari atrofida joylashgan qishloqlar aholisi evakuasiya qilinmoqda.

Bu ishlarga mamlakat armiyasi jalb etildi. Tabiiy ofatdan ayniqsa Fors viloyati ma`muriy markazi Sheroz shahri qattiq aziyat chekdi. Shaharning ayrim hududlarida suv sathining balandligi 80 santimetrga qadar ko`tarilgan. Meteorologlar poytaxt Tehronda ham toshqinlar vujudga kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy halok bo`lganlarning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar