AsosiyDunyo

Xitoydagi kimyo zavodi portlashidan zarar ko`rganlar tovon puli talab qilishmoqda

'Xitoydagi kimyo zavodi portlashidan zarar ko`rganlar tovon puli talab qilishmoqda 'ning rasmi

Ilgari Xitoydagi kimyoviy zavodda ro`y bergan kuchli portlash oqibatida 47 nafar kishi halok bo`lgani haqida xabar berilgan edi, deb yozdi TASS nashri.

Ushbu texnogen fojia oqibatida jami 640 nafar kishining jabrlangani aytilmoqda.Sinxua axborot agentligi ma`lumotlariga ko`ra portlash Yanchen sanoat zonasida joylashgan zavodlardan birida ro`y bergan. Portlash zarbidan 5 km radiusdagi barcha binolar katta zarar ko`rgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlardan 100 nafarining ahvoli og`ir ekanligi aytilmoqda.

Portlash kuchli yong`ining kelib chiqishiga sabab bo`lgan uni bartaraf etish uchun qo`shni tumanlardan ham yordam kuchlarini jalb etishga to`g`ri keldi. Hozirda portlash nima sababdan ro`y bergani yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Falokatdan zarar ko`rganlar tovon puli to`lanishini talab etishmoqda. Mahalliy aholining aksariyati hamon o`z uy- joylariga qaytishdan xavfsiramoqda. Mamlakat rahbari Si Zin Pin kelajakda bu kabi holatlarning oldini olish bo`yicha zarur choralar ko`rish lozimligi borasida hukumatga topshiriq berdi.

    Boshqa yangiliklar