AsosiyJamiyat

Tillani yutib uchmoqchi bo`lgan shaxsning parvozi qoldirildi

'Tillani yutib uchmoqchi bo`lgan shaxsning parvozi qoldirildi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tillalarni yashirincha olib chiqib ketishga uringan shaxsni to`xtatib qolishdi.

Jumladan, «Toshkent-Amritsar» yo`nalishi bo`yicha uchib ketayotgan fuqaro D.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va fuqaro tegishli tartibda nazoratdan o`tkazildi.

Natijada ushbu fuqaro jami 8 dona quyma tilla bo`laklarini olib o`tish maqsadida yutib olganligi ma`lum bo`ldi. Ammo uning bu urinishlari naf bermadi va narxi qariyb 36 million so`mlik quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.


    Boshqa yangiliklar