AsosiyJamiyat

​“Sevgi maktublari”ning noqonuniy parvozi to`xtatildi

'​“Sevgi maktublari”ning noqonuniy parvozi to`xtatildi'ning rasmi

Bojxona xodimlari yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash bilan birga madaniy boyliklarimizni xorijga noqonuniy olib chiqishga bo`lgan urinishlariga ham o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Termiz aeroporti bojxonachilari “Termiz-Vnukovo” yo`nalishi bo`yicha uchib ketayotgan fuqaro E.M.ni “yashil” yo`lakdan harakatlanayotgan chog`ida belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazishdi.

Natijada, uning qo`l yuklari orasida bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan, yigirmanchi asrning boshlarida yasalgan, sevgi maktublarini solib yurishga mo`ljallangan ayollar taqinchog`i borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar