AsosiyJamiyat

Psixotrop dori vositalarini yashirincha olib o`tishga urinish fosh etildi

'Psixotrop dori vositalarini yashirincha olib o`tishga urinish fosh etildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan psixotrop dori vositalarining noqonuniy tarzda olib kirishga bo`lgan urinish o`z vaqtida aniqlandi. Fuqaro M.J. “Sankt-Peterburg-Termiz” yo`nalishi bo`yicha uchib kelib, “yashil” yo`lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi. Shundan so`ng, uning yuklari bojxona nazoratidan o`tkazilganda uning sumkasi ichida deklarasiyalanmagan va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 100 dona “Fenazepam 0,5 mg” nomli psixotrop dori vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Amaldagi tartiblarga ko`ra, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bo`lgan dori vositalarini jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqish Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi 878-son qarori bilan tasdiqlangan ro`yxatlarga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar