AsosiyJamiyat

​Aholi muammolari o`z echimini topmoqda

'​Aholi muammolari o`z echimini topmoqda   'ning rasmi

Farg`ona viloyati ikkinchi sektori – viloyat prokurori tomonidan Uchko`prik tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Tumandagi 9 ta mahalla fuqarolar yig`ini ushbu sektor hududida bo`lib, hududda 39 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Fuqarolar, davlat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashgan mazkur tadbirda murojaatlar, asosan, ishga joylashish, sog`liqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam, yo`llarni ta`mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta`minlash, tadbirkorlikni qo`llab quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo`ldi. Ularning aksariyatiga shu erning o`zida echim topildi.

“Sherobod” qishlog`ida yashovchi F.Karimova ishga joylashtirish, “Mexnatrohat” qishlog`ida yashovchi A.Imomovani tomorqasini haydash va mevali daraxt ko`chatlari bilan ta`minlash, “Urganji” qishlog`ida yashovchi M.Keldiev uy-joy bilan ta`minlash, “Xasanqora” qishlog`ida yashovchi M.Mahmudovani sud hukmidan norozi bo`lib, “Qatag`on” qishlog`ida yashovchi B.Raxmonov buzilgan binosi uchun kompensasiya to`lovini to`lab berish, “Sho`x” qishlog`ida yashovchi Z.Ortiqov ichimlik suvi tarmog`i tortish, “Jaloer” qishlog`ida yashovchi Z.Oxunova kredit ajratishda yordam so`rab murojaat qildilar.

-Tikuvchilik seximni kengaytirish maqsadida qo`shimcha uskuna sotib olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim etsamda, menga kredit ajratilmayapti, - deya murojaat qildi “Anhor” ko`chasida yashovchi M.Mamajonova. - Ommaviy axborot vositalari orqali sayyor qabul tashkil etilganligini bilib, shu muammoga echim topishlarini so`rab keldim.

Tadbirkorning murojaati tegishli idoralar vakillari ishtirokida o`rganilib, masala ijobiy hal etildi.

-1-guruh nogironi bo`lgan turmush o`rtog`imga nogironlik aravachasi olish uchun tegishli idoraga qilgan murojaatim hal etilmayapti, sayyor qabul davomida turmush o`rtog`im uchun nogironlik aravachasi berildi, - deydi “Jaloer” qishlog`ida yashovchi fuqaro R.Salimova.

Ushbu sayyor qabul davomida 120 nafarga yaqin fuqarolarning turli masalalarga doir murojaatlari eshitilib, ulardan aksariyatini joyida hal etish choralari ko`rildi.

Xususan, 10 nafardan ortiq fuqarolarning ishga joylashtirilishi,

5nafar nogironlarga aravachalar berilishi, 7 nafar fuqarolarning tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, davolanishga yotqizilishi, 10 nafarga yaqin fuqarolarga

moddiy yordam va bepul dori-darmon berilishi, 40 dan ortiq fuqarolarning kommunal xo`jalik bilan bog`liq muammolari hal etilishi ta`minlandi.

Echimi ma`lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo`yicha tegishli tashkilotlarga ko`rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

    Boshqa yangiliklar