Aksar italiyaliklar an`anaviy milliy taom bo`lmish pissani baxt hissini uyg`otuvchi egulik hisoblashmoqda, deb xabar qilmoqda TASS nashri.
Deyarli har ikkinchi italyan ushbu taom tanovuli paytida o`zini baxtiyor his etarkan.
“Baxtli taom” ro`yxatining ikkinchi o`rnida barcha turdagi makaronlar turarkan.
Grilli go`sht va baliq esa uchinchi o`rinda.
21 foiz italiyaliklar muzqaymoqni to`rtinchi baxt keltiruvchi taom, deb tan olishmoqda.






