AsosiyDunyo

Tepakallikdan xalos bo`lish usuli topildi

'Tepakallikdan xalos bo`lish usuli topildi 'ning rasmi

Amerika tibbiyot mutaxassislari tepakallikdan xalos bo`lishning o`zi xos usulini topishdi, deb xabar berdi Dni24.com nashri.

Olimlar oshqozon-ichak traktida muammosi bor sichqonlarni o`rganishganda, ma`lum bo`ldiki, bunda stress gormonlari yosh o`tgan sari ko`plab ishlab chiqarilar ekan. Natijada esa badandagi tuklar to`kila boshlaydi. Laboratoriya sinovlari davomida atressin-V ikkinchi darajali kimyoviy birikmasi ishlab chiqildi. Bu birikma tuklari to`kilib ketgan sichqonlarga in`eksiya qilinganda, uch oydan so`ng ularning tuklari yana qaytadan o`sa boshlagan.

Olimlar ushbu topilmani kelgusida soch to`kilishga qarshi qo`llashni rejalashtirishdi.

    Boshqa yangiliklar