AsosiyJamiyat

Energetika vaziri o`zi o`qigan maktabga kitoblar sovg`a qildi

'Energetika vaziri o`zi o`qigan maktabga kitoblar sovg`a qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri Alisher Sultonov bugun, 26 mart kuni Toshkent shahri Shayhontohur tumanidagi o`zi ta`lim olgan 180-umumta`lim o`rta maktabiga tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga shaxsiy kitoblaridan sovg`a qildi, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari bunday tashabbuslarning muhim ahamiyatga ega ekani haqida joriy yilning 19 mart kuni yoshlarga e`tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san`at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish, yoshlar o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida ta`kidlab o`tgan edi.

Yig`ilishda davlatimiz rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish masalasiga to`xtalar ekan, “Har bir rahbar o`zining shaxsiy kutubxonasidan o`zi ta`lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg`a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo`lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi”, deb ta`kidlagan edi.

    Boshqa yangiliklar