Prezidentning «O`zbekiston Respublikasida yo`nalishli taksilar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarori loyihasida ushbu jihatlar nazarda tutilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasida yo`nalishli taksilar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat loyihasiga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan boshlab:
• jismoniy shaxslarga elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnomalar tuzish sharti bilan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida to`rt yo`lovchi o`rnidan ortiq bo`lmagan sig`imli engil avtomobilda yo`lovchi tashish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish huquqi beriladi;
• yo`nalishli taksida yo`lovchilarning tijorat tashuvlari bilan shug`ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga lisenziya (lisenziya kartochkalari) berish uchun davlat boji yuridik shaxslar engil avtomobillari uchun belgilangan stavkadan bir yarim barobar ortiq miqdorda to`lanadi;
• qonunchilik bilan talab etiluvchi rangni yo`nalishli taksiga bo`yamagan holda berish uchun mustaqil yopishuvchi materiallar tegishli sxema bo`yicha shaxmat kompozisiyasini qo`llash orqali eshiklar, old kapot va bagaj qismi yuzasiga yopishtiriladi.
Shu bilan birga, yo`lovchilarni yo`nalishli taksida tijorat tashuvlari bilan shug`ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagilarga majbur bo`ladi:
• tashqi va ichki bezak hamda ekipirovka, yo`nalishli taksilarning yagona belgilari bilan jihozlash bo`yicha talablarga rioya etish (maxsus raqam belgilaridan tashqari);
• buyurtmalar (murojaat)ni qayd etish funksiyalari, to`lov terminallari, taksometr hisoblagich, radioaloqa qurilmasi va safar summasi bo`yicha yo`lovchilarga majburiy ma`lumot berishni ta`minlaydigan maxsus ilovalardan foydalanish;
• O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda reysdan oldingi ko`rikdan o`tkazish bo`yicha ixtisoslashgan joylarda reysdan oldin tibbiy ko`rik va avtomomobilning texnik ko`rigini ta`minlash;
• Shuningdek, yo`nalishli taksi sifatida foydalanishga mo`ljallangan engil avtomobillar ijarasini notarial tasdiqlash to`g`risidagi talabni bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Yo`nalishli taksilarida yo`lovchilarni tashish uchun lisenziyaga ega bo`lgan yuridik shaxslarga aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar, savdo markazlari, shuningdek, mahalliy o`zini o`zi boshqari organlari yurituvida bo`lgan markaziy bozorlar avtoturargohlaridan bepul foydalanish huquqi berilishi mumkin.






