AsosiyDunyo

Qozog`istonda avtobuslar to`qnashuvi oqibatida jabrlanganlar soni 35 kishiga etdi

'Qozog`istonda avtobuslar to`qnashuvi oqibatida jabrlanganlar soni 35 kishiga etdi'ning rasmi

Qozog`istonda ikki avtobusning to`qnashuvi oqibatida jabrlanganlar soni 35 kishiga etdi, deya Nursulton shahar hokimiyati matbuot xizmati bergan ma`lumotgan tayangan holda xabar berdi RIA novosti nashri.

Bugun Qozog`iston poytaxtida ikki avtobus to`qnashuvidan yuzaga kelgan kuchli zarbadan yana bir avtobus, tez yordam mashinasi va bir nechta engil avtomashinalarga shikast etdi. Avtobusning haydovchisi bo`lgan 66 yoshli erkak va 26 yoshli yo`lovchi ayol halok bo`ldi. 35 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan, ulardan 4 nafari o`ta og`ir ahvolda.

Polisiya yirik YTH yuzasidan tergov ishlarini boshladi. Yo`lovchilar orasida 1983 yilda tug`ilgan fillipinlik ayol ham bo`lgan, hozirda uning ahvoli og`ir, deb baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar