AsosiyJamiyat

Talabalarga shartnoma pulini to`lash muddati uzaytirildi

'Talabalarga shartnoma pulini to`lash muddati uzaytirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 25 martdagi 16-son bayoni bilan respublika oliy ta`lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida to`lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga 2018/2019 o`quv yili uchun shartnoma to`lovlarining ikkinchi yarmini to`lash muddati joriy yilning 15 apreliga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Ma`lumot uchun, avvalgi tartib bo`yicha to`lov shartnoma to`lash muddati 1 martgacha etib belgilangan edi.

    Boshqa yangiliklar