AsosiyJamiyat

Bozor ichidagi mozor. Etti pirlardan birining qabri vayronaga aylanish arafasida

'Bozor ichidagi mozor. Etti pirlardan birining qabri vayronaga aylanish arafasida'ning rasmi

Farg`ona viloyati Bog`dod tumanidagi Do`rmoncha qishlog`ida joylashgan bozor ichidagi mozorda keksalarning ta`kidlashicha, etti pirlardan birining qabri vayronaga aylanish arafasida, deydi «korrespondent» muxbiri Muhammadsaid Xoldorov. Balki, bozor rahbariyati tomonidan qabr atrofini chiroyli maskanga, ziyoratgohga aylantirish mumkindir, degan o`y ko`pchilikni ko`nglidan o`tadi. Bozor yaqinidagi Muqimiy mahallasida qariyb 52 yildan buyon istiqomat qilayotgan Cho`lponoy aya bilan suhbatlashdik.

«Etti pirlarning biri Changalmozor buva bozorni ichidagi qabr yonida Xizr buva kabi ko`zdan g`oyib bo`lgan. Ukalari Ismoil, Qiyiq, Suhmozor, Mavlono pirim bo`lgan. Xo`ja buva uning akasi, bizdan chamasi 5 km. uzoqlikdagi qabristonda qo`nim topgan. U erlar obod etilib, masjid ham qurilgan. Ming afsuski, bizda bozor rastalari tobora qabrga yaqinlashib boryapti. Avval o`ralgan edi, hozir ochib qo`yilgan. Bolalar qabrni minib o`ynashadi», deydi onaxon.

Darhaqiqat, bozor rastalari qabrning to`rt tarafida joylashgan. Barcha oldi-sotdi dardida, pirning qabri esa hamon e`tibordan chetda qolmoqda.

Ushbu bozor haftaning seshanba va shanba kunlari ishlaydi. Sotuvchilarning aytishicha, chek berilmasada joy uchun 5-6 ming so`mdan pul olinadi. Bozorda bunyodkorlik ishlari haqida o`ylab ham ko`rilmagan, desak xato bo`lmaydi. Aholini aytishicha, bozor rahbariyati mazkur holatga e`tiborsizlik bilan qarab kelmoqda.

Aholini so`zlariga ko`ra, bozorda oldi-sotdi arzon, shu sababli mustaqillikning dastlabki yillarida ikki uch do`kondan iborat bo`lgan bu joy, hozirda gavjud bozorlardan biriga aylangan.

Bozorning qarama-qarshisida yana bir eski qabriston bor. U ham obodonlashtirishga muhtoj. Bozor va mozor orasidagi yo`l(agar yo`l deb bo`lsa) juda tor, ayniqsa, seshanba va shanba kunlari katta tirbandlik yuzaga keladi.

«Ko`pchilik pir qabriga kelib, is chiqarib, ziyorat qiladi. Bozor ichidagi mozorni obod maskanga aylanishida umid qilyapmiz», deydi Cho`lponoy aya.

"Korrespondent.uz"

    Boshqa yangiliklar