AsosiySport

Osiyo engil atletika assosiasiyasi rahbari MOQda qabul qilindi

'Osiyo engil atletika assosiasiyasi rahbari MOQda qabul qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo engil atletika assosiasiyasi (OEAA) prezidenti Daxlan Al-Hamadni qabul qildi. Muzokara davomida Umid Ahmadjonov O`zbekistonda engil atletika sportini yanada rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta`kidladi.

photo5242601750999968348.jpg

“Oxirgi paytlarda O`zbekiston engil atletika federasiyasi ham islohotlarga muhtoj bo`lib qolgandi. Shu maqsadda bundan bir necha oy muqaddam mamlakat engil atletika federasiyasi rahbarligiga Andrey Abduvalievni olib keldik. O`ylaymanki, uning boy tajribasi yurtimizda ushbu sport turini yangi bosqichga olib chiqadi. Maqsadimiz – Tokio-2020 olimpiadasida engil atletika bo`yicha maksimal darajada lisenziya olish va musobaqada rekord o`rnatish”, – deydi Umid Ahmadjonov.

O`z navbatida OEAA prezidenti Daxlan Al-Hamad janoblari ham yurtimizda olib borilayotgan barcha sohadagi islohotlarga ijobiy fikr bildirib o`tdi.

photo5242688625303464634.jpg

“O`zbekistonni islom va sport mamlakati deb bilaman. Bugun Toshkentda o`tgan marafonni kuzatib, undagi iliqlik, ishtirokchilardagi sportga bo`lgan qiziqishni ko`rib quvondim. O`zbekistonlik engil atletikachilar Osiyoda o`z o`rni va mavqeyiga ega. Umid qilamanki, yurtingiz atletlari joriy yilgi jahon chempionati va Tokio olimpiadasida munosib ishtirok etishadi”.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov martabali mehmonga O`zbekiston engil atletika bo`yicha qit`a miqyosidagi turli musobaqalar, seminarlar va Kongresslarni yuqori saviyada o`tkazishga tayyor ekanligini ta`kidlab, joriy yil sentyabr oyida o`tadigan dunyo birinchiligidan so`ng Samarqand va Buxoroda xalqaro seminarga mezbonlik qilish taklifini ilgari surdi.

    Boshqa yangiliklar