AsosiyDunyo

Dubayda “dunyodagi eng yaxshi o`qituvchi” million dollarga ega bo`ladi

'Dubayda “dunyodagi eng yaxshi o`qituvchi” million dollarga ega bo`ladi 'ning rasmi

Dubayda “dunyodagi eng yaxshi o`qituvchi” million dollarga ega bo`ladi, deya ma`lum qilmoqda Dubai Media Office matbuot xizmati.

Hind biznesmeni Sanni Varkeyning xayriya fondi beshinchi marta dunyodagi eng yaxshi o`qituvchini mukofotlaydi.

Taqdirlash marosimi Dubayda bo`lib o`tadi. Finalga Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Hindiston, Keniya, Niderlandiya, AQSh va Yaponiyadan 10 nafar nomzod o`qituvchilar etib kelgan.

Sanni Varkey fondi mukofoti 2015 yildan beri o`z sohiblariga berilib kelinadi.

    Boshqa yangiliklar