Dog`istonning Xasavyurtida 104 kishi suvdan ommaviy zaharlandi, deya xabar berdi Interfaks nashri.
Jabrlanganlarning 90 nafari bolalardir.
Taxminlarga ko`ra, Xasavyurt shahridagi Oqtosh daryosining suvi toshishi natijasida qoramol qabrlari yuvilib ketgan va oqova suv ichimlik suviga aralashgan. Ammo bu talqin hozircha o`z tasdig`ini topganicha yo`q.






