Prezident Shavkat Mirziyoev Abu-Dabiga keldi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA Bosh vaziri o`rinbosari, Prezident ishlari bo`yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi.
Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati bo`lib o`tdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoev ertaga Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara o`tkazadi.







