AsosiyDunyo

Norvegiyada halokatga uchragan kemadan 370 kishi qutqarib olindi

'Norvegiyada halokatga uchragan kemadan 370 kishi qutqarib olindi'ning rasmi

Norvegiyada kuchli po`rtana tufayli dvigatelida muammo paydo bo`lgan Viking Sky sayohat layneri bortida bo`lgan 1,3 ming nafar odamdan 370 nafari vertolyotlar yordamida qutqarib olindi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Qutqarilganlarning 17 nafari, shu jumladan og`ir tan jarohati olgan 3 kishi kasalxonaga yotqizildi. Hozirda qolgan sayohatchilarni qutqarish ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar