AsosiyDunyo

Ekvadordan olib kirilgan giyohvand moddalar qo`lga olindi

'Ekvadordan olib kirilgan giyohvand moddalar qo`lga olindi 'ning rasmi

Ukrainaning Odessa shahri polisiyasi tomonidan katta miqdordagi giyohvand moddalarni mamlakat hududiga olib kirilayotgan paytda qo`lga oldi. Umumiy vazni 250 kgga teng kokain moddasi banan ortilgan konteynerlar ichiga yashirilgan.

Yuk Odessaga Ekvadordan olib kelinayotgan edi. Ma`lumotlarga ko`ra, giyohvand moddaning qiymati qora bozorda 51 million dollarga teng.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Biroq, uni sodir etgan shaxslar to`g`risida ma`lumotlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar