AsosiyDunyo

Ikki nafar Youtube-blogerining janjali ommaviy tus oldi

'Ikki nafar Youtube-blogerining janjali ommaviy tus oldi'ning rasmi

Germaniyada yashovchi ikki nafar Youtube-blogerining Instagram ijtimoiy tarmog`ida bir-birini haqorat qilishi Berlin markaziy maydonida katta janjal-to`polon chiqishiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Mazkur janjalni tomosha qilish uchun maydonga to`rt yuzga yaqin odam, shu jumladan o`smir-yoshlarlar yig`ilgan. Blogerlar o`z muxlislarini markaziy maydonga taklif etishgan. Blogerlarning og`zaki janglari bora-bora haqiqiy jangga aylangan.

To`polonda 50 nafarga yaqin odam ishtirok etgan. Ulardan qo`lida pichoq bo`lgan to`qqiz nafari polisiya tomonidan ushlangan. Yuzga yaqin polisiyachilar janjalkashlarni tinchlantirish uchun ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar