O`zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi tomonidan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o`rtasida Navro`z bayramiga bag`ishlangan «Skayranning» (Toqqa yugurish) bo`yicha marafon o`tkazildi.
Marafon yakuniga ko`ra, Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birining shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchisi Arman Qurolov 1 soatu 46 daqiqa natija bilan 1-o`rinni egalladi.
G`olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok, diplomlar va qimmatboho sovg`alar bilan taqdirlandi.







