AsosiySiyosat

Donald Tramp Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi

'Donald Tramp  Shavkat Mirziyoevga tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Navro`z Sizga, oilangizga va O`zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Ushbu ajoyib bayram munosabati bilan ko`plab amerikaliklar hamda dunyodagi boshqa xalqlar yangilanish va uyg`onish ayyomini birgalikda nishonladilar.

O`tgan yil may oyida Siz bilan bo`lib o`tgan uchrashuv menga katta mamnuniyat bag`ishladi, Siz amalga oshirayotgan islohotlar sur`ati meni g`oyat xursand qilmoqda. Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari O`zbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda. Biz Afg`onistonda barqaror taraqqiyot va tinchlikka erishishning tarafdori bo`lgan paytda Sizning Shimoliy yo`lak masalasida qo`llab-quvvatlashingizni qadrlayman. Navro`z muborak!

Samimiyat ila,

Donald Tramp, Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti

    Boshqa yangiliklar