O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Szyansu provinsiyasi Yanchen shahridagi kimyo zavodida ro`y bergan falokat oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga chuqur ta`ziya bildirdi, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.






