AsosiyDunyo

Xitoyda kimyo zavodi portladi

'Xitoyda kimyo zavodi portladi'ning rasmi

Kecha Xitoyning Yanchen shahridagi mineral o`g`itlar ishlab chiqariladigan kimyoviy zavodda ro`y bergan portlash oqibatida kamida 47 kishi halok bo`ldi, 600 nafari jarohatlandi, deb xabar berdi TASS nashri.

Jarohatlanganlardan 32 nafarining ahvoli og`ir. Halokat natijasida yong`in kelib chiqqan olov boshqa sanoat inshootlariga ham o`tib ketgan. Portlash zarbi yaqin oradagi turar-joylar va maktablarning oynalarini sindirib yuborgan. Portlash tufayli qo`shni bolalar bog`chasidagi bolalar ham jabrlangan. Fojia sababi hozircha ma`lum emas.

    Boshqa yangiliklar