AsosiyJamiyat

Sirdaryoda yashirincha olib kirilayotgan dron to`xtatib qolindi

'Sirdaryoda yashirincha olib kirilayotgan dron  to`xtatib qolindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzarlik holati fosh etildi.

Qo`shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro S.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada unga tegishli bo`lgan qo`l yuklari ichidan xorijda ishlab chiqarilgan qiymati 3,5 million so`mlik1 dona uchuvchisiz uchish apparati yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasining havo bo`shlig`ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” 322-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimiz hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan noqonuniy foydalanish taqiqlangan.

    Boshqa yangiliklar