AsosiyJamiyat

Taniqli kinoijodkor Rixsivoy Muhammadjonov vafot etdi

'Taniqli kinoijodkor Rixsivoy Muhammadjonov vafot etdi'ning rasmi

Kun.uz nashrining yozishicha, Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Rixsivoy Muhammadjonov 1940 yil 30 noyabr kuni tug`ilgan. 1962 yilda Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini, 1972 yilda Ssenariychilar va rejissyorlar oliy kursini tamomlagan. 1976 yildan beri «O`zbekfilm» kinostudiyasining ssenariy-muharrirlik kollegiyasi a`zosi bo`lgan.

R.Muhammadjonov «Abdullajon», «Suyunchi», «Tangalik bolalar», «Chinor ostidagi duel», «Osmondagi bolalar», «Sotqin» kabi mashhur filmlarda ssenariy muallifi bo`lgan. Rejissyor sifatida «Oltin Devor», «Chol va nabira», «Qaydasan muhabbat?» filmlarini yaratgan.

"Darakchi.uz" sayti tahririyati marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

    Boshqa yangiliklar