AsosiyJamiyat

Toshkentda askarlar uyiga, Sirdaryoda chaqiruvchilar xizmatga kuzatildi

'Toshkentda askarlar uyiga, Sirdaryoda chaqiruvchilar xizmatga kuzatildi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Qurolli Kuchlar davlat muzeyida Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism askarlarini tantanali kuzatish marosimi o`tkazildi, deb xabar berdi O`zbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Mudofaa vazirligi harbiy orkestrining musiqa sadolari ostida 142 nafar bitiruvchilarning 56 nafariga oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma, 55 nafariga tadbirkorlik bilan shug`ullanishda imtiyozli kredit olish imkonini beruvchi sertifikat topshirildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yilning 6 iyundagi “O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq joriy yildan e`tiboran Mudofaa vazirligi qo`shinlarida muddatli harbiy xizmatni o`tagan 1 ming 239 nafar askarga 23,5 milliard so`mdan ortiqroq kredit mablag`i ajratilgan.

Shu kuni Sirdaryo viloyatida 2019 yil chaqiruv mavsumida fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga kuzatishga bag`ishlangan tantanali tadbir o`tkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari va muddatli harbiy xizmatga kuzatilayotgan yigitlarning ota-onalari qatnashdi.

Tadbirda so`zga chiqqanlar yoshlarni shunday yuksak sharafga loyiq ko`rilgani bilan tabriklab, ularga oq yo`l tiladi.

    Boshqa yangiliklar