Hindistonning Telingana shtatida ko`zoynakli ilon velosipedda ketayotgan odamlarga tashlandi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.
Mazkur voqeani kuzatuv kameralari suratga olgan. Velosipedda ketayotgan ikki yo`lovchi burilgandan ularga ilon hujum qilgan. Erkaklar velosipedni tashlab ikki tomonga qochib ketishgan. Ilon esa g`ildirak simlari orasiga tiqilib qolgan.
Yo`lovchilar jabrlanmagan. Bunday ko`zoynakli ilon o`ta zaharli hisoblanadi. Uning bir gramm zahri o`rtacha kattalikdagi 140 ta itni o`ldiradi.






