Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ana shunday holatlarning bir nechtasi fosh qilindi.
Jumladan, yurtimizga kirib kelgan fuqaro M.E. shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, egnidagi kiyimlari ichiga yashirilgan, jami og`irligi 199 grammga teng bo`lgan 59,7 million so`mlik 10 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini qo`shni davlatdan olib kirishga bo`lgan urinishlari fosh qilindi. Fuqaro M.G.ni xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazish chog`ida esa, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan og`irligi 112 grammga teng bo`lgan qiymati 44,8 million so`mlik 13 dona zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tayotgan vaqtda to`xtatib qolindi.
Shuningdek, fuqaroM.D.ning ham tuzgan rejasi chippakka chiqdi. U shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, 244 gramm sariq metalldan yasalgan, qiymati 73,2 million so`mlik zargarlik buyumlarini yashirincha yurtimizga olib kirayotgani aniqlandi.
Yana bir qonunbuzar fuqaro R.I.ning kirdikorlarini ham bojxonachilar fosh etishdi. Ushbu fuqaro 74,7 million so`mlik 249 gramm og`irlikka teng bo`lgan sariq metalldan yasalgan, zargarlik buyumlarini yashirishga bo`lgan urinishlari naf bermadi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






