Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda noqonuniy ravishda mineral o`g`it mahsulotlarining “oldi-sotdisi” bilan shug`ullanayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbir davomida Xonqa tumanida fuqaro Sh.M. o`ziga tegishli bo`lgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi yukxonasidagi umumiy qiymati 14 million 500 ming so`mga teng bo`lgan 5 tonna “Karbamid” mineral o`g`itini shartli xaridorga noqonuniy sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






