AsosiyJamiyat

Bolalikdan nogironligi bo`lgan farzandi bor onalarga ijtimoiy nafaqa tayinlanadi

'Bolalikdan nogironligi bo`lgan farzandi bor onalarga ijtimoiy nafaqa tayinlanadi'ning rasmi

Endilikda tegishli ish stajiga ega bo`lmagan bolalikdan nogironligi bo`lgan farzandi bor onalarga ular 55 yoshga etganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanadi.

O`zA rasmiy saytida keltirilishicha, mazkur nafaqa bolaning nogironligi to`g`risida Tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi yoki ma`lumotnomasi asosida tayinlanadi.

Qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlarga, yoshga doir yoki boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi tayinlangan nafaqa oluvchilarga, agar ular haq to`lanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega bo`lishi munosabati bilan nafaqa to`lash to`xtatilar edi.

Qaror bilan mazkur tartib bekor qilindi, ya`ni nafaqa oluvchi boshqa daromad keltiradigan ish bilan shug`ullanishi yoki shug`ullanmasligidan qat`iy nazar nafaqa to`lash davom ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar