Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan hamkorlikda Qumqo`rg`on tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida, mazkur tumanda harakatlanib kelayotgan Sh.T. ismli shaxsning boshqaruvida bo`lgan traktor to`xtatilib xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, traktor tirkamasiga yuklangan jami 33 qopda “Amiakli selitra” mineral o`g`itlarini traktor haydovchisi fuqaro Sh.T. fuqaro A.Sh.dan har bir qopini 95 000 so`mdan sotib olib o`z maqsadlari uchun foydalanish maqsadida olib ketayotganligini ma`lum qilgan. Shundan so`ng, tadbir ishtirokchilari tomonidan fuqaro A.Sh.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, fuqaroning uyidan har biri 50 kilogrammdan jami 174 qopda “Amiakli selitra” mineral o`g`itlarini sotish maqsadida noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi fosh etildi.
Natijada, ushbu ikkala qonunbuzardan 10 tonnadan ortiq “Amiakli selitra” mineral o`g`itlari daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.






