Pokiston fuqarosi Yangi Zelandiyada terrorchini qurolsizlantirmoqchi bo`lgani uchun o`limidan so`ng mukofotlanadi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Yaqinda Yangi Zelandiyadagi An-Nur masjidiga terrorchilar hujum qiladi. Shunda pokistonlik Mian Naim Rashid ulardan birini qurolsizlantirishga harakat qilib, terrorchiga tashlanadi. Oqibatda Rashid halok bo`ladi.
Pokiston hukumati marhumni davlat mukofoti bilan taqdirlashga qaror qildi.






