Amerikaning HBO telekanali “Taxt o`yinlari” so`nggi mavsumining ekranga chiqish vaqtini e`lon qildi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.
Sakkizinchi mavsumda oltita qism bo`ladi.
Yakunlovchi mavsumning ilk seriyasining premerasi 14 aprel kuni bo`lib o`tadi.
Bosh rol ijrochisi Emiliya Klarkning aytishicha, yakunlovchi epizodlar teletomoshabinlarni yanada hayratga soladi.
Serial Jorj Martinning “Muz va olov qo`shig`i” romanlari asosida suratga olingan.






