AsosiyDunyo

Buyuk britaniyalik ayol zo`riqib ishlagani tufayli yuzi falajlanib qoldi

'Buyuk britaniyalik ayol zo`riqib ishlagani tufayli yuzi falajlanib qoldi 'ning rasmi

Buyuk britaniyalik ayol zo`riqib ishlagani tufayli yuzi falajlanib qoldi, deya xabar bermoqda Metro nashri.

Lids shahrida istiqomat qiluvchi Emi Grin (Amy Green) boshi og`rib, tili shishib uxlashga yotadi. Buni charchaganiga yo`yadi. Ertasiga tongda esa yuzi falajlanib uyg`onadi. Shifokorga ko`ringanda, unga Bell falajlanishi tashxisi qo`yiladi.

Shunda ham Grin ishga qatnayveradi. Tez orada yuzining o`ng tarafi umuman ishlamay qoladi. Shifokorlar uni o`n kunlik davolanish kurslariga yotqizishadi.

Ayolning aytishicha, u hamisha zo`riqib ishlagan va doim stress holatida bo`lgan.

Hozirda Grin sog`-salomat. Uning butunlay davolanishi uchun esa ikki yil muddat ketgan.

    Boshqa yangiliklar