AsosiySport

«Jizzakh women Cup-2019»: O`zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Kirg`izston U-19 terma jamoasini tor-mor etdi

'«Jizzakh women Cup-2019»: O`zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Kirg`izston U-19 terma jamoasini tor-mor etdi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Jizzax shahrida o`tkazilayotgan «JIZZAKH WOMEN CUP 2019» xalqaro musobaqasida o`z ishtirokini boshladi.

Qizlarimiz Kirg`izstan U-19 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdilar. Bahs 7:1 hisobida Bahrom Norsafarov shogirdlari foydasiga hal bo`ldi.

Shuningdek, bugun “So`g`diena- W” va AGMK-W jamolari ham o`zaro kuch sinashdilar. Uchrashuv 2:0 hisobi bilan Jizzax jamoasining g`alabasi bilan yakunlandi.

«Jizzakh women Cup-2019»

18 mart, dushanba

10:00 «So`g`diyona-W» – AGMK-W 2:0

Gollar: Moxigul Ikromova 26, E`zoza Sharipova 67

***

16:00 O`zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi – Kirg`izston U-19 7:1

Gollar: Nilufar Dadajanova 14,45, Diyora Xabibullaeva 17, Kamila Zaripova 29, Maftuna Panjieva 33, Boboxujaeva Feruza 70, Sarikova Maxliyo 80 – Borolbekova Ayjan 87

    Boshqa yangiliklar