Joriy yilning 31 mart kuni Turkiyada mahalliy hokimiyat organlari rahbarligiga saylovlar bo`lib o`tadi. Mamlakatdagi qator hududiy boshqaruv organlari, jumladan, provinsiya, poytaxt tumanlari va viloyat tumanlarida saylov jarayonlari tashkil etiladi.
O`zA rasmiy saytida keltirilishicha, Turkiyada har 5 yilda mahalliy hokimiyat tizimida saylov jarayonlari amalga oshiriladi. Bundan avvalgi mahalliy saylovlar 2014 yilning 30 mart kuni o`tkazilgan edi.
Bu galgi saylovlarda mamlakatning 12 ta siyosiy partiyasi ishtirok etishi kutilmoqda. Saylov nomzodlari orasida siyosiy partiya vakillaridan tashqari mustaqil nomzodlar ham ishtirok etmoqda.
Turkiya Oliy saylov kengashi ma`lumotiga ko`ra, saylov ovoz berish jarayonlarida ishtirok etish uchun 57 million 970 ming 985 nafar mamlakat fuqarosi ro`yxatdan o`tgan.
Hozirda saylov jarayonlarni o`tkazishda saylovoldi kompaniya qizg`in davom etmoqda.






