Gizat Nurdauletov shu vaqtga qadar Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Bu haqda O`zA rasmiy saytida ma`lum qilindi.
Prezidentning Nurdauletovni Bosh prokuror lavozimiga tayinlangani to`g`risidagi farmoni 18 mart, dushanba kuni rasmiy OAVda e`lon qilindi.
Nurdauletovdan avval bu lavozimda ishlagan 53 yoshli Qayrat Qojamjarov 2017 yilning dekabrida bosh prokuror etib tayinlangan edi. U bu lavozimdan “boshqa ishga o`tgani munosabati bilan” ozod qilindi.
55 yoshli Nurdauletov 1996-1997 yillarda Qozog`iston davlat tergov qo`mitasida ishlagan. Prezident farmoniga ko`ra, bu organ 1997 yil noyabrida tarqatib yuborilganidan so`ng, u o`z faoliyatini milliy xavfsizlik qo`mitasi (MXQ) tuzilmalarida davom ettirdi. 2007-2017 yillarda MXQning Olmaota viloyati departamentiga boshchilik qildi. 2017 yilning iyulidan Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.






