Xitoydagi pandalar parvarishxonasida bir xodima bolasi bilan ovora bo`layotgan pandaning oldiga keladi va bambuk shinavandasiga olma beradi. Pora o`z ishini berdi va panda bolasini unutib, olmani paqqos tushiradi. Parvarishxona xodimasi esa ona nazoratisiz qolgan pandani osongina qo`liga olib, tibbiy tekshirishga olib ketadi.






