AsosiyJamiyat

Tojikiston delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi

'Tojikiston delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi 'ning rasmi

Tojikiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari Zakirzoda Muhammadtoir boshchiligidagi delegasiya «O`zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatida bo`lib, uning tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida Tojikiston delegasiyasi bilan "O`zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari Tojikistonning Dushanbe shahrida qo`shma korxona barpo etish, ehtiyot qismlarni etkazib berish va qishloq xo`jaligi texnikalarini ishlab chiqarish masalalarini muhokama qildilar.

Kelgusida ushbu korxonada ishlab chiqariladigan qishloq xo`jaligi texnikalari nafaqat Tojikiston dexqonlariga, balki mintaqa mamlakatlariga eksport qilinishi ko`zda tutilmoqda.

“O`zagrotexsanoatxolding” AJ matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar