Xitoynig Guyyan shahrida istiqomat qiluvchi bir erkak o`zining Mongrel laqabli itining g`aroyib iqtidorini kashf etdi, deb xabar qilmoqda Rai77.com nashri.
2016 yilda xonadonga olib kelingan Mongrelda tez uqib olish xususiyati kuzatilgan. Oila boshlig`i jonivorning bu xususiyatidan unumli foydalanib, Mongrelni qizi dars tayyorlash paytida telefonga chalg`imasligi uchun uni kuzatib turishga o`rgatdi.
Endilikda qizaloq dars tayyorlar ekan, Mongrel stolga ikki old oyog`ini qo`yib qizcha telefonga qo`l cho`zganda, it appartni nari surib qo`yadigan bo`ldi.






