Germaniyaning Ryotgen kommunasiga katta tornado yopirildi, deb xabar bermoqda RIA novosti nashri.
Oqibatda esa 5 kishi jarohatlangan, 40 ta uyga zarar etgan. Hududdagi daraxtlar ildizi bilan qo`porilgan.
Hozirda tornadodan keyingi ta`mirlash va tozalash ishlariga 350 kishi jalb qilingan.






