AsosiyJamiyat

Toshkentda AgroWorld Uzbekistan 2019 qishloq xo`jaligi ko`rgazmasi bo`lib o`tadi

'Toshkentda AgroWorld Uzbekistan 2019 qishloq  xo`jaligi ko`rgazmasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

13-15 mart kunlari “O`zekspomarkaz” MKMda “Qishloq xo`jaligi - AgroWorld Uzbekistan 2019» 14 - Xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. Ko`rgazmada jahonning 20 ta mamlakatidan 150 ta kompaniya ishtirok etadi.

Eksponentlar chorvachilik, parrandachilik, issiqxona xo`jaliklari uchun uskunalar va texnologiyalarni, em-xashak va don sanoati uchun echimlarni taqdim etadi. Ko`rgazmada ilk marotaba qatnashayotgan 60dan ortiq ishtirokchilar — agrar sanoatning turli tarmoqlari uchun uskunalarni ishlab chiqaruvchilari.

An`anaga ko`ra, ko`rgazmaning ikkinchi kuni O`zbekiston fermerlar, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi ko`magida “Fermerlar kuni” o`tkaziladi. Shu kuni tajriba almashish va ko`rgazmada taqdim etilgan mahsulotlarning keng turlarini ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchi korxonalar bilan bevosita muloqot qilish uchun Respublikaning barcha viloyatlaridan agrar soha mutaxassislari keladilar.

Amaliy dastur doirasida, shuningdek, 13 mart kuni “Jazirama issiq iqlim sharoitida qanday qilib ko`p sut va buzoqlar olish mumkin?” mavzusidagi seminar o`tkaziladi.

Ko`rgazma ilg`or texnologiyalarni jalb qilish orqali agrosanoat sektorida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, hamda O`zbekistonning qishloq xo`jaligi sohasining investision jozibadorligini oshirishga turtki bo`lib xizmat qilishi kutilmoqda.

O`zbekiston Qishloq xo`jaligi vazirligi agrar sektorning barcha vakillarini «AgroWorld Uzbekistan 2019» ko`rgazmasida ishtirok etishga taklif qiladi.

O`zbekiston Respublikasi

Qishloq xo`jaligi vazirligi

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar