V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyining 3-sinf o`quvchisi Asilbek Mirzaahmedov Ozarbayjon davlatining Boku shahrida o`tkazilgan ”Azad Aliev” nomidagi Skripkachilarning I Xalqaro tanlovida ishtirok etdi.
Mazkur tanlov Boku shahridagi Uzeyr Gadjibeyli nomidagi Boku musiqiy akademiyasida ikki turda o`tkazildi. Xalqaro tanlov hay`ati a`zolari orasida O`zbekiston Xalq ta`limi a`lochisi Ma`suda Ahmedova ham taklif etildi.
M.Ahmedova tanlov ishtirokchilarining ijro mahoratini professional darajada ob`ektiv baholagani uchun maxsus ”Hay`at a`zoligi Diplomi” bilan taqdirlandi.
Xalqaro tanlovda Rossiya, Ozarbayjon, O`zbekiston, Qozog`iston va Ukraina kabi davlatdan ishtirokchilar qatnashdi.
Tanlovda vakilimiz Asilbek Mirzaahmedov “I darajali” diplom bilan taqdirlanib, Ozarbayjon kuyini eng chiroyli ijro etgan ishtirokchi sifatida qayd etildi. Bundan 10 oy avval u Italiyaning Barletta shahrida o`tkazilgan “Citta di Barletta” deb nomlangan yosh musiqachilarning xalqaro tanlovida ishtirok etib Gran Pri sohibi bo`lgan edi.






