AsosiyDunyo

"UFC" yulduzi Konor MakGregor hibsga olindi

'"UFC" yulduzi Konor MakGregor hibsga olindi'ning rasmi

Aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregorning fanatlaridan biri u bilan birga rasm tushmoqchi bo`lganida muxlisga nisbatan xatti-harakatlari tufayli hibsga olingan.

Mayami polisiyasining bergan ma`lumotlariga ko`ra, Konor MakGregor dushanba kuni ertalab AQShning Florida shtatidagi “Fontainebleau Miami Beach” mehmonxonasidan chiqib ketayotganida uning muxlislaridan biri uyali telefonida Aralash qoidalar jangchisi bilan suratga tushmoqchi bo`lgan, ammo Konor suratga tushishni rad etgan va muxlisning qo`lidagi telefonini tortib olib erga tashlagan va bir necha marta tepib telefonni chilparchin qilgan.

Muxlisning aytishicha, telefonning narxi 1000 AQSh dollari bo`lgan.

Polisiya Konor MakGregorga nisbatan qurolli tajovuz va axloqiy buzuqlik kabi jinoyatlar bilan ish ochgan.

    Boshqa yangiliklar