Kuni kecha Efiopiya havo yo`llariga tegishli bo`lgan “Boing 737 MAX” rusumli samolyotning halokatga uchrashi oqibatida uning bortida bo`lgan 157 nafar yo`lovchilarning barchasi halok bo`ldi. Shundan so`ng Cingapur havo yo`llari aviakompaniyasi mamlakatdagi barcha “Boing 737 MAX” reyslarini seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 14:00 dan boshlab to`xtatib qo`yishini e`lon qildi.
Bundan tashqari ushbu halokatdan so`ng yana ko`plab davlatlar “Boing 737 MAX” samolyotlarini parvozlaridan xavotirga tushib reyslarni bekor qilgan. Xususan Xitoyning “Southern Airlines”, “Shandong Airlines”, Indoneziyaning “Garuda Indonesia” va Taylandning “Thai Lion Air” kompaniyalari ham bir nechta reyslarni to`xtatgan.






