O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12 mart kuni Navoiy viloyatiga jo`nab ketdi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlar kabi Navoiy viloyatiga ham bir necha bor tashrif buyurib, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, aholi farovonligini oshirishga doimiy e`tibor qaratib kelmoqda. 2017 va 2018 yillardagi tashriflar chog`ida belgilangan chora-tadbirlar natijasida viloyatda juda ko`p ishlar amalga oshirildi.
Bu safar Nurota va Karmana tumanlari, Navoiy shahridagi yangi korxonalar, ijtimoiy ob`ektlar, energetika, kimyo va baliqchilik majmualari bilan tanishish rejalashtirilgan.






