Ukrainada prezident ma`muriyati binosi oldida sodir bo`lgan tartibsizlik natijasida 3 nafar xuquq-tartibot organi xodimlari halok bo`ldi, deb xabar berdi TASS nashri.
Mazkur aksiya mudofaa tizimidagi korrupsiyani tekshirishni talab qilgan muxolifat tarafdorlari tomonidan uyushtirildi. Namoyish ishtirokchilarining so`zlariga ko`ra, mudofaa sohasida faoliyat olib borayotgan hamda prezident Poroshenkoga yaqin shaxslar korrupsiyaga oid operasiyalarda ishtirok etishgan.






