2019 yil 11 martda Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovasion laboratoriyasi ochildi. Unda ushbu oliy ta`lim muassasasi talaba va o`qituvchilari respublikamizdagi xususiy va davlat kompaniyalari uchun blokcheyn, narsalar interneti, to`ldirilgan reallik, mashina orqali o`quv va kompyuter ko`rish doirasi texnologiyalarini qo`llagan holda, IT-echimlar ishlanmalari va ularni sinovdan o`tkazish ishlari bilan mashg`ul bo`ladilar.
Labarotoriyaning ochilish marosimida raqamli iqtisodiyotga o`tish davrida bozor malakali IT-mutaxassislarga ulkan ehtiyoj sezishini, ilg`or IT-texnologiyalar yordamida aniq vazifalarga echim topish Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga o`z malakalarini oshirishlariga zamin yaratishiga e`tibor qaratildi.
SAP Next-Gen Lab zarur texnik uskunalar, ya`ni kompyuterlar, 3D-printerlar, to`ldirilgan reallik garnituralari bilan jihozlanadi. Bundan tashqari,eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda, protatiplarni yaratish uchun talabalar va o`qituvchilarga SAP ning platformali echimlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Talabalar ishlari formati loyihaviy seminarlar, xakatonlar, mahorat-maktablari va treninglarning o`tkazilishini nazarda tutadi.
SAP Next-Gen Lab - SAP ning Universitet alyansi tashabbusidir. Universitetlar bazasida innovasion laborotoriyalar tashkil etiladi. Ularda talabalar loyihalar ustida ish olib boradilar. Jamoalarga mijozlar va SAP hamkorlari vaziflar topshiradi. Butun dunyoda 100 dan ortiq shunday laborotoriyalar tashkil etilgan.






